Isroil sulhdan keyin Gʻazoga keng koʻlamli hujum uyushtirdi
Hujum sabab kamida 91 kishi halok boʻlgan va ulardan yarmi yosh bolalar ekanligi aytilgan.

Isroil HAMAS sulhni buzganini iddao qilib, Gʻazoga keng koʻlamli hujumlar uyushtirdi.
Gʻazodagi Isroil hujumlari kamida 91 kishi halok boʻlgan va ulardan yarmi yosh bolalar ekanligi aytilmoqda.
Hujumlar 28 oktabr kuni kechqurun sodir boʻlgan. Isroil bunga sabab sifatida HAMAS bir askarni oʻldirganligi aytmoqda.
Bosh vazir Benyamin Netanyaxu harbiylarga “Gʻazo sektorida darhol va kuchli zarbalar berish”ni buyurganini uning idorasi qisqa bayonotda maʼlum qildi.
HAMAS esa Isroilning “jinoyatkorona bombardimonlari”ni qoralab, bu harakat sulh kelishuvini buzganini bildirdi. Shuningdek, u Isroil mudofaa kuchlariga hujum qilganini rad etdi va sulhga sodiqligini yana bir bor maʼlum qildi.
Harbiy rasmiylardan birining aytishicha, HAMAS Isroil tomonidan bosib olingan Gʻazo qismini qolgan hududdan ajratib turuvchi “sariq chiziq”ning sharqida joylashgan Isroil qoʻshinlariga hujum qilgan. Maʼlumotlarga koʻra, janubiy Gʻazodagi Rafah hududida joylashgan askarlar oʻqlar ostida qolgan.
Seshanba kuni avvalroq Netanyaxu idorasi HAMASni Gʻazodagi sulh kelishuvini “ochiqchasiga buzganlikda” aybladi. Bu bayonot HAMAS Isroilga Gʻazoda hanuz bedarak yoʻqolgan 13 garovdan hech biriga tegishli boʻlmagan jasadlarni qaytarganidan soʻng berilgan.
Maʼlumot oʻrnida, Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligining xabariga koʻra, bu hududda kamida 68 527 nafar falastinlik halok boʻlgan, yana 170 395 kishi jarohat olgan. Shuningdek, minglab falastinliklarning jasadlari vayronalar ostida qolib ketgan degan maʼlumotlar ham mavjud.
Isroil 2025 yil 9 oktabrda sulh kelishuvini maʼqullagan edi. Unga koʻra, HAMAS barcha isroillik garovga olinganlarni (tirik yoki halok boʻlganlarni) ozod etishi, Isroil esa qoʻshinlarining bir qismini Gʻazodan olib chiqish shartini oʻz zimmasiga olgan edi.