platina.uz
Jamiyat

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmdan pul beriladi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash uchun bu yil 1,1 milliondan ortiq oila roʻyxatga olindi.

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln soʻmdan pul beriladi

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan moddiy yordam berish shu kunlarda boshlanadi.

Prezident qaroriga koʻra, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash uchun bu yil 1,1 milliondan ortiq oila roʻyxatga olingan.

Ulardan 822 mingtasi ijtimoiy reyestrda mavjud, yana 290 mingdan ortigʻi esa “Mahalla yettiligi” tomonidan qoʻshimcha aniqlangan.

Qoʻshimcha roʻyxatga quyidagi toifadagi oilalar kiradi:

  • boquvchisini yoʻqotganlar – 33,8 mingta;
  • nogironligi boʻlgan aʼzosi bor oilalar – 76,3 mingta;
  • ogʻir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar – 23,7 mingta;
  • yolgʻiz keksalar – 7 mingta;
  • gaz tarmogʻiga ulanmagan oilalar – 2 mingta;
  • bir uyda uchtadan ortiq oila yashaydiganlar – 26,2 mingta;
  • boquvchisi mehnat migratsiyasida boʻlganlar – 34,7 mingta;
  • vaqtincha ishsizlar – 15,1 mingta;
  • faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar – 69,7 mingta;
  • yolgʻiz yashovchi shaxslar – 2,3 mingta.

Maʼlumot uchun, oʻtgan yili 120 mingta oilaga 270 ming soʻmdan yordam berilgan edi. Bu yilgi miqdor oʻtgan yilga nisbatan 2,5 baravar koʻp.

Mazkur dastur doirasida jami 1,2 trillion soʻm mablagʻ davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid