platina.uz
Jamiyat

DXX Sirdaryoda advokatni qoʻlga oldi

U Tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaroni IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga oʻtkazish hamda keyinchalik jinoyat ishini sudda ijobiy hal qilib berish evaziga pul talab qilgan. 

DXX Sirdaryoda advokatni qoʻlga oldi

Sirdaryoda advokat pora bilan ushlandi.

Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, hozirda Xovos tumanidagi 8-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaroni Sirdaryo tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga oʻtkazish hamda keyinchalik jinoyat ishini sudda uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 5500 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda advokat 4500 AQSh dollari va 6 mln. soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, advokat jinoyat ishiga gumonlanuvchining huquqlarini himoya qilish maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun jalb qilingan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahri va Surxondaryoda advokatlar qoʻlga tushgandi.

Poytaxtda advokat fuqaroning ishini sud organlarida ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal etib, yengillik qilib berish evaziga 3700 AQSh dollari olgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid