platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yangi issiqlik tariflari 12 noyabrdan kuchga kiradi

Bu haqda Veolia Energy maʼlum qildi. Lekin Toshkent shahar hokimi imzolagan qarorda narxlar rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi aytilgandi. 

Toshkentda yangi issiqlik tariflari 12 noyabrdan kuchga kiradi

Toshkentda yangi issiqlik tariflari 12 noyabrdan amal qiladi.

Toshkent shahri hokimining 2025 yil 27 oktabrdagi qaroriga asosan, Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan koʻrsatiladigan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi.

Yangi tariflar 2025 yil 12 noyabrdan boshlab amal qiladi.

"Davlat tomonidan joriy etilgan subsidiyalash mexanizmi tufayli poytaxt aholisi issiqlik energiyasining toʻliq qiymatini toʻlamaydi. Xarajatlarning taxminan 80 foizi mahalliy byudjet hisobidan qoplanadi", deyiladi Veolia Energy xabarida.

Tariflar Toshkent shahar hokimiyati tomonidan tizim mutaxassisi tomonidan taqdim etilgan iqtisodiy hisob-kitoblar va texnik maʼlumotlar asosida tasdiqlangan.

Mablagʻlar faqatgina issiqlik va issiq suv bilan taʼminlash, shuningdek, poytaxt issiqlik taʼminoti infratuzilmasini taʼmirlash va yangilash ishlariga yoʻnaltiriladi.

Aytilishicha, 2025–2026 yillar isitish mavsumlariga tayyorgarlik va modernizatsiya dasturi doirasida kompaniya quyidagi ishlarni amalga oshirmoqda:

• 474,13 km eskirgan tarmoqlarni joriy taʼmirlash;

• 73,5 km issiqlik tarmoqlarini yangilash;

• 21,34 km issiqlik izolyatsiyasini tiklash;

• 23 ta mahalliy qozonxona va 13 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish;

• 669 ta klapan va 345 ta kompensatorni almashtirish.

Lekin 27 oktabr kuni Toshkent shahar hokimi imzolagan qarorda narxlar rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi aytilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid