platina.uz
Iqtisod

Toshkentda byudjetdan 87 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi

Pullarning 65 mlrd soʻm qismi oshirilgan oyliklar va elektr energiyasi uchun sarflanadi.

Toshkentda byudjetdan 87 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi
Foto: Platina.uz

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi davlat byudjetidan jami 87 mlrd soʻm ajratish haqidagi qarorni imzoladi.

Pullarning 65 mlrd soʻmdan koʻprogʻi oshirilgan oyliklar va elektr energiyasi uchun hokimiyat tasarrufidagi va qoshidagi tashkilotlarga sarflanadi.

22 mlrd soʻm quyidagi yoʻnalishlarga ajratiladi:

  • “Koʻcha sanʼati va musiqasi” streat.uz platformasi loyihasida faol ishtirokchi sifatida baholangan faol ijodkorlarni moddiy ragʻabtlantirish uchun 24,7 mln soʻm;
  • 2025-2026 oʻquv yili uchun ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 150 nafar talaba xotin-qizlarga bazaviy toʻlov kontrakti uchun 1,4 mlrd soʻm;
  • Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosining yil yakuniga qadar elektroenergiya sarfi uchun 130 mln soʻm;
  • Shaxmat federatsiyasi shahar boʻlimiga mebel texnika va inventarlar sotib olish uchun 400 mln soʻm;
  • Velosport federatsiyasi shahar boʻlimiga “Damas” xarid qilish uchun 100 mln soʻm;
  • Qon orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish maqsadida bemor va tugʻuvchi ayollarda favqulodda qon ketganda qonning reinfuziya qilishda foydalaniladigan Cell Saver Elit “+” qon avtotransfuziyasi uskunasini xarid qilish uchun 750 mln soʻm;
  • Shayxontohur tumanidagi 169-maktabga “Isuzu” rusumli avtobus xarid qilish uchun 770 mln soʻm;
  • shaharda maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrab olish, tumanlardagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan guruhlar faoliyatini qayta tiklash hamda Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari guruhlarini taʼmirlash hamda jihozlash uchun 10,5 mlrd soʻm;
  • “Toshkent tajribasi” loyihasi asosida maktablarning qoʻshimcha oʻqitiladigan fanlarga moslab sinflarini taʼmirlash va darslarga jalb qilinadigan oʻqituvchilarga ustama haqi toʻlash uchun 4 mlrd soʻm;
  • bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishni qoʻllab-quvvatlash uchun 1 mlrd soʻm;
  • pedagogik kadrlarni maqomini oshirish, matematika va tibbiy fanlarni oʻqitish boʻyicha har bir tumandan 5 nafardan jami 60 nafar maktab oʻqituvchisini hamda Maktbagacha va maktab taʼlimi boshqarmasi 3 nafar xodimini xorijda malaka oshirishlariga sarf-xarajatlar uchun 1,7 mlrd soʻm;
  • Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga 4-guruh xarajatlari, yaʼni kommunal toʻlovlar uchun 373 mln soʻm;
  • Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimadagi shahar markaziy koʻchalaridan foydalanish, ularni saqlash va taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tomonidan Olmazor tumani Forobiy koʻchasidagi 7 650,0 kv m yoʻllarni asfalt bilan taʼmirlash uchun 876 mln soʻm.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid