Oʻzbekiston va Serbiya rahbarlari qoʻshma deklaratsiya imzoladilar
Toshkent va Belgrad shaharlari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim ham tuzildi.

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.
Yetakchilar huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar toʻplamini qabul qilish marosimi ham boʻlib oʻtdi.
Jumladan:
– Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida bitim;
– Iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Tibbiy xizmatlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Taʼlim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Muhandislik, ilgʻor texnologiyalar, sunʼiy intellekt va turdosh sohalardagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– Diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
– Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha 2026-2027-yillarga moʻljallangan dastur;
– Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
– Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
– Toshkent va Belgrad shaharlari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim.
Avvalroq Oʻzbekiston va Serbiya prezidentlari muzokara oʻtkazgandi.