Oʻzbekiston va Serbiya prezidentlari muzokara oʻtkazdi
Koʻksaroy qarorgohida Aleksandr Vuchichni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari koʻrib chiqildi.
– Diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi nishonlanayotgan yilda rasmiy tashrifingiz tarixiy voqeadir. Oʻzbekistonda Serbiyaga katta xayrixohlik bilan qarashadi. Xalqlarimizni mustahkam doʻstlik rishtalari va oʻxshash mentalitet bogʻlab turadi, – dedi Oʻzbekiston Prezidenti.

Muzokaralarda:
- tovar ayirboshlashni koʻpaytirish;
- mashinasozlik;
- farmatsevtika;
- kimyo sanoati;
- axborot texnologiyalari va raqamlashtirish;
- agrosanoat majmui;
- turizm;
- tartibli mehnat migratsiyasi;
- madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi hamkorlik;
- “Markaziy Osiyo – Bolqon” yoʻnalishida yangi transport yoʻlaklarini, Transkaspiy koridori doirasida rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, kelgusi yilda Toshkent shahrida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi oʻtkaziladi.
Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.