platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank raisiga uchta oʻrinbosar tayinlandi

Nodir Achilov tayinlovga qadar Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan. 

Markaziy bank raisiga uchta oʻrinbosar tayinlandi

Markaziy bankda yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Nodirbek Muhammadiyevich Achilov — Markaziy bank Raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Nodir Achilov bunga qadar Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan.

Sanjar Salaydinovich Nosirov — Markaziy bank Raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bungacha Sanjar Nosirov Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari lavozimida ishlagan.

Nusratulla Nigmatullayevich Fazilov — Markaziy bank Raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. N. Fazilov ilgari Banklarni prudensial nazorati departamentiga rahbarlik qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid