platina.uz
Jamiyat

Gʻallaorolda is gazi hodisasi: qurbonlar bor

Ayni paytda baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini tekshirish maqsadida komissiya tuzilgan.

Gʻallaorolda is gazi hodisasi: qurbonlar bor

25 oktabr kuni soat 06:50 larda Gʻallaorol tumani Sugʻunboy qishlogʻidagi uyda baxtsiz hodisa boʻlgan.

Hodisa oqibatida 2004 yilda tugʻilgan R.S.E. oʻgʻli (oʻgʻil) va 2006 yilda tugʻilgan R.Yu.S. qizi (kelin) is gazidan vafot etgan. Hodisa sabablarini tekshirish va tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimining 2025 yil 27 oktabr kunidagi xatiga asosan ishchi guruh tuzilgan.

Ishchi guruh tarkibiga tuman hokimi oʻrinbosari v.v.b. S.Moʻminov, tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari B.Joʻrayev, "Oʻzenergiya" inspeksiyasining Jizzax viloyati boshqarmasi bosh mutaxasissi B.Boltayev, “Gʻallaorol tumangaz” taʼminoti boʻlimi bosh muhandisi S.Zokirov va Tozaurugʻ QFY raisi A.Mamatov kiritilgan.

Ishchi guruhga mazkur baxtsiz hodisani 15 kun ichida oʻrganib chiqish va belgilangan tartibda dalolatnoma tuzish, dalolatnomalar nusxalarini tegishli tashkilotlarga yetkazish vazifasi topshirilgan.

Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari v.v.b. S.Moʻminov zimmasiga yuklatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid