Elektr va gaz narxi yana oshirilishi mumkin
Bu haqda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov maʼlum qildi.

Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudovning aytishicha, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari kelasi yili may oyida inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilinadi.
OʻzAning xabar berishicha, vazir joriy yilgi kuz-qish mavsumida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilmasligini bildirgan.
Eslatib oʻtish kerak, tok va gazning tariflari shu yil may oyida oshirilgan edi.