platina.uz
Jamiyat

Xususiy bandlik agentligi ishchisi va sayyohlik firmasi rahbari ushlandi

Ular fuqarolardan Janubiy Koreya va Slovakiyaga yuborish uchun pul undirishgan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. 

Xususiy bandlik agentligi ishchisi va sayyohlik firmasi rahbari ushlandi

Janubiy Koreya va Slovakiya davlatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi.

Namangan shahridagi xususiy bandlik agentligining norasmiy ishchisi Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali ularni Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 2000 AQSh dollari talab qiladi.

Ammo, u oldindan 1000 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Namangan shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari ham mansabdor tanishlari orqali oʻz hamshaharini Slovakiya davlatiga ishga yuborish evaziga 40 mln soʻm talab qilgan. Soʻngra oldindan viza chiqartirib berish uchun 600 AQSh dollari va 2,8 mln soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, mazkur shaxs muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan boʻlsada, oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid