platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryo bosh gazchisi va elektrigi ogohlantirildi

Ular aholini energiya resurslari bilan taʼminlash va ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha yetarlicha ishlar olib bormagan.

Qashqadaryo bosh gazchisi va elektrigi ogohlantirildi
Illyustrativ surat

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali direktori A.Muzapov va “Hududgaz taʼminot” AJ “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali direktori U.Ernazarov aholini bir maromda energiya resurslari bilan taʼminlash hamda ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish borasida yetarlicha ishlar olib bormagani uchun ogohlantirilgan.

Xalq deputatlari viloyati kengashining bugungi majlisida ikkala mansabdor hisob bergan. Hisobotga koʻra, viloyatda 805 ming 175 ta (60 491 ta yuridik va 744 684 ta aholi) elektr energiyasi isteʼmolchilariga 202 ta (35-500 kV) podstansiya, 32 ming km (shundan yuqori kuchlanishli tarmoq 5,2 ming km, past kuchlanishli tarmoq 26,8 ming km) tarmoq va 12 ming 77 dona transformator orqali elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

Elektr tarmoqlarining 39 foiz (11,6 ming km) hamda transformatorlarning 40 foizi (4 515 ta) maʼnan eskirgan.

Viloyatning ayrim mahallalaridagi xonadonlarda elektr tarmoqlarini yaxshilash, transformatorlar sotib olish va punktlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 10 mlrd soʻm mablagʻ Hududiy elektr tarmoqlari viloyat filialiga ajratib berilgan.

Ushbu mablagʻlar evaziga jami 49 dona, shundan 1 dona quvvati 25,0 MVA boʻlgan kuch transformatori, 15 dona quvvati 160 kVA boʻlgan transformator punkti va 33 dona har xil quvvatdagi (9 dona quvvati 160 kVA, 8 dona quvvati 250 kVA, 8 dona quvvati 400 kVA, 6 dona quvvati 630 kVA, 2 dona quvvati 1000 kVA) transformatorlar xarid qilingan. 2023-2025 yillarda ushbu ajratilgan transformatorlardan 43 donasi 36 ta mahalladagi 15 mingdan ortiq xonadonlar va koʻp qavatli uylarning elektr taʼminotini yaxshilash, murojaatlarni kamaytirish, avariyali oʻchishlarning oldini olish maqsadida oʻrnatilgan.

Jumladan, Kosonda 5 ta, Yakkabogʻda 1 ta, Qamashida 1 ta,Chiroqchida 3 ta, Dehqonobodda 2 ta, Gʻuzorda 2 ta, Koʻkdalada 4 ta, Kitobda 3 ta, Shahrisabzda 5 ta, Mirishkorda 1 ta, Nishonda 1 ta hamda Shahrisabzda 2 ta va Qarshi shahridagi 5 ta mahalla.

Hozirgi kunda 6 dona transformatorlar Hududiy elektr tarmoqlari viloyat filialining markaziy omborida zaxira sifatida saqlanmoqda. Ushbu transformatorlar 2025/2026 yillar kuz-qish mavsumida elektr taʼminotida muammolar yuzaga kelgan yoki yuklamada ishlayotgan transformatorlar almashtirilishi koʻzda tutilgan.

Viloyatda jami 793,8 mingta isteʼmolchining 25,6 foizi (203,5 ming ta) tabiiy va 74,4 foizi (590,3 ming ta) suyultirilgan gaz bilan taʼminlangan. Suyultirilgan gazga moslashtirilgan 590,3 ming nafar isteʼmolchi 796,3 ming dona maishiy gaz balloni bilan taʼminlangan (135 %).

1000 dona maishiy gaz balloni sotib olish uchun 483 mln soʻm mablagʻlar viloyat hokimligiga ajratilib, Mahalla xayriya jamoat fondiga oʻtkazib berilgan. Ushbu mablagʻlar evaziga 1000 dona maishiy gaz balloni xarid qilingan va foydalanish uchun Hududiy gaz taʼminoti filialiga begʻaraz oʻtkazib berilgan.

Bugungi kunda Hududiy gaz taʼminoti filialining markaziy omborxonasida 2,4 ming dona maishiy gaz balloni zaxirasi mavjud, ulardan 1000 donasi ushbu mablagʻlar hisobiga xarid qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid