platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik miqdori 6,1 mln soʻmga yetdi

Eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi — 10,3 mln soʻm.  Nisbatan kam maosh sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda kuzatilgan. 

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik miqdori 6,1 mln soʻmga yetdi

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik miqdori 6,1 mln soʻmga yetdi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, hududlar kesimida eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi — 10 million 379,6 ming soʻm. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 18,7 foizga koʻp.

Shu bilan birga, ish haqi oʻsish surʼati boʻyicha Samarqand viloyati (124,8 foiz), Namangan viloyati (120,9 foiz), Sirdaryo viloyati (120,7 foiz), Fargʻona viloyati (119,8 foiz) va Jizzax viloyati (119,2 foiz) peshqadamlar qatorida boʻldi.

Eng past oʻsish surʼati esa Andijon (112,0 foiz), Navoiy (115,1 foiz), Qashqadaryo (117,2 foiz), Toshkent (117,3 foiz), Xorazm (117,6 foiz), Qoraqalpogʻiston (117,6 foiz), Buxoro (118,2 foiz) va Surxondaryo (118,4 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Sohalar kesimida

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tahlillarga koʻra, eng yuqori ish haqi bank, sugʻurta, lizing va kredit sohasida qayd etildi — 16 million 828,9 ming soʻm, bu oʻtgan yilga nisbatan 15,6 foizga koʻp.

Axborot va aloqa sohasida oʻrtacha ish haqi 14 million 985,8 ming soʻmni tashkil etib, 16,6 foizga oʻsgan.

Tashish va saqlash sohasida — 9 million 382,1 ming soʻm (oʻsish 16,7 foiz),

Sanoat sohalarida — 7 million 301,0 ming soʻm (oʻsish 16,3 foiz).

Shuningdek, qurilish sohasida ish haqi 6 million 342,6 ming soʻmni tashkil etib, 9,2 foizga oshdi.

Savdo sohasida — 6 million 875,6 ming soʻm (oʻsish 12,1 foiz),

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda — 3 million 765,4 ming soʻm (oʻsish 14,6 foiz).

Iyul oyida Oʻzbekistonda oʻrtacha nominal ish haqi qariyb 6 mln soʻmga yetgani aytilgandi.

Hududlar kesimida eng yuqori oʻrtacha ish haqi Toshkent shahrida kuzatilgan - 10 mln 138 ming soʻm.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid