platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida yana AQShga boradi

AQSh prezidenti Donald Tramp 6 noyabr kuni Vashingtonda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Qoʻshma Shtatlar liderlarining sammitiga mezbonlik qiladi. 

Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida yana AQShga boradi

Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida AQShga borishi kutilmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp shu yilning 6 noyabr kuni Vashingtonda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Qoʻshma Shtatlar liderlarining S5+1 formatidagi sammitiga mezbonlik qiladi.

Ayni kunlarda AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor hamda Davlat kotibi oʻrinbosari Kristofer Landau Toshkentda boʻlib turishibdi.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev ham Trampga sammitga taklif uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil sentabrda Shavkat Mirziyoyev AQShga borgan va BMT tadbirlari doirasida Tramp bilan uchrashgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid