Tramp tashrifiga tayyorgarlikmi: AQSh hukumatining 2 muhim vakili Oʻzbekistonga keladi
Ular hukumat vakillari bilan uchrashib, iqtisodiy va xavfsizlik masalalarini muhokama qiladilar.

AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gor hamda davlat kotibi oʻrinbosari Kristofer Landau 26–30 oktabr kunlari Qozogʻiston va Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.
Serjio Gor va Kristofer Landau Oʻzbekiston hukumati vakillari bilan uchrashib, iqtisodiy va xavfsizlik masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Odatda bu darajadagi shaxslarning tashrifi prezident Donald Trampning tashrifiga tayyorgarlik maqsadida amalga oshiriladi. Qolaversa, Trampning aynan Oʻzbekistonga tashrifi haqida oldin ham bir necha bor bong urilgandi.
Eslatib oʻtish kerak, Serjio Gor 1986 yil 30 noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.