Oʻzbekistonda YaIM hajmi 7,6 foizga oʻsdi
2025 yilning yanvar-sentabr oylaridagi iqtisodiy holat haqida maʼlumot berildi. Eksport hajmi 33,3 foizga oʻsgan.

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati haqida maʼlumot berildi.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan):
-yalpi ichki mahsulot hajmi 7,6 % ga oʻsdi;
-sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,8 % ga oʻsdi;
-qurilish ishlari hajmi 14,2 % ga oʻsdi;
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 11 % ga oʻsdi;
- bozor xizmatlari hajmi 14 % ga oʻsdi;
; tashqi savdo aylanmasi hajmi 22,9 % ga oʻsdi;
-eksport hajmi 33,3 % ga oʻsdi;
- import hajmi 15,6 % ga oʻsdi;
-qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 4,1 % ga oʻsdi;
- asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 15,2 % ga oshdi.
2025 yil 1 oktabr holatiga 460,3 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.
Avvalroq Oʻzbekistonda tugʻilish darajasi sezilarli darajada kamaygani aytilgandi.
Joriy yilgi koʻrsatkich 2021 yildagi miqdor bilan solishtirilganda 52,3 ming kishiga kamaygan.