platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

2025 yil sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 0,8 foiz bandga pasayib, yillik 8 foizga teng boʻlgan. 

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi

MB asosiy stavkasi oʻzgarmadi.

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

2025 yil sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 0,8 foiz bandga pasayib, yillik 8 foizga teng boʻldi.

Bunda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhi inflyatsiyasi yillik 6,1 foizgacha sekinlashib, pasaytiruvchi hissa qoʻshdi. Xizmatlar inflyatsiyasi, jumladan, tartibga solinadigan narxlar taʼsirisiz ham, talab omillari hisobiga umumiy inflyatsiyadan yuqori darajada saqlanib qolmoqda, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Qatʼiy pul-kredit sharoitlari hisobiga talab omillarining biroz maqbullashishi hamda almashuv kursi mustahkamlanishi taʼsirida bazaviy inflyatsiya pasayuvchi dinamikaga oʻtdi va sentabrda yillik 7 foizgacha sekinlashdi.

Jumladan, soʻmning mustahkamlanishi import inflyatsiyasining sekinlashishiga xizmat qilib, nooziq-ovqat tovarlari narxlarining maʼlum darajada barqarorlashuviga yordam bermoqda.

Soʻnggi oylarda isteʼmol savatida narxlari oʻsishi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sekinlashgan tovar va xizmatlarning ulushi oshib bormoqda hamda narxlar barqarorlashuvi keng qamrovli xususiyatga ega boʻla boshlaganini koʻrsatmoqda.

Sentabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etdi, biroq ular joriy va prognoz inflyatsiya surʼatlaridan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yil yakuniga inflyatsiya prognozi pasayish tomonga qayta koʻrib chiqildi va 8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Joriy yilning III choragidagi yuqori iqtisodiy oʻsish va investitsion faollik kelgusi chorakda ham davom etib, yil yakunida YaIM real oʻsishi 7-7,5 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Aholi real daromadlari oshishi va chakana kreditlash faolligi xarid qobiliyatini qoʻllab-quvvatlamoqda va isteʼmol talabini oshirmoqda. Bu, oʻz navbatida, kelgusida iqtisodiyotda inflyatsion bosimlarni saqlanib qolishiga xizmat qilishi mumkin.

Sentabr oyida ham asosiy stavka yillik 14 foiz miqdorida oʻzgarishsiz qoldirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid