platina.uz
Jamiyat

DXX 1,5 mlrd soʻmga yer sotmoqchi boʻlgan shaxsni qoʻlga oldi

U soʻralgan puldan 110 ming AQSh dollari va 100 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

DXX 1,5 mlrd soʻmga yer sotmoqchi boʻlgan shaxsni qoʻlga oldi

Bandixon va Taxiatosh tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qoʻyildi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida joylarda qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Xususan, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida yashovchi, 1987 y.t. shaxs chorvachilik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroning ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 3,5 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 mlrd 500 mln soʻm talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻidan 110 ming AQSh dollari va 100 mln soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuzatilgan holatda esa, Qoʻngʻirot tumanida qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor Amudaryo tumanida yashovchi, 1983 y.t. shaxsning ishonchiga kirib, aslida boshqa bir fuqaroga quyonchilikni rivojlantirish uchun Taxiatosh tumani hududidan ajratib berilgan 169 gektar yer maydonini goʻyoki oʻziga tegishli ekanligini aytadi va uning 50 gektar qismini har gektarini 1 ming AQSh dollaridan jami 50 ming AQSh dollariga sotishini maʼlum qiladi.

Ammo, tadbikor soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid