platina.uz
Jamiyat

Hokim oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi

Shunda har bir rahbarga kamida 3 nafar ijrochi xodim toʻgʻri keladi.

Hokim oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi

Viloyat hokimi oʻrinbosarlari soni 6 nafar, tuman va shaharlarda esa 4 nafargacha qisqartiriladi. Shunda har bir rahbarga kamida 3 nafar ijrochi xodim toʻgʻri keladi.

Bu haqda prezidentning “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun hokimliklar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan.

Farmonga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi” 33 ta tuman (shahar) hamda Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida 9 ta vazirlik va idoraning boʻlinmalari hokimliklar tarkibiga oʻtkaziladi. Hokimlar bu boʻlinmalar ustidan bevosita rahbarlik qiladi, xodimlarni tayinlaydi va ragʻbatlantiradi.

Qayd etish kerak, ayni paytda sanalgan idoralarning yarmidan koʻpi shundogʻam hokimiyatlar tarkibiga kiritilgan.

Shuningdek, KPI koʻrsatkichlariga toʻliq erishgan hokimlarga ajratiladigan mablagʻ 15% ga oshiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid