“Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi
Mazkur portal fuqarolarga uydan chiqmasdan turib hujjatlarni rasmiylashtirish, zarur tashkilotlarga murojaat qilish kabi byurokratik jarayonlarsiz roʻyxatdan oʻtish imkonini beradi.

“Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi.
Oʻzbekiston fuqarolari endilikda haj va umra safarlariga onlayn tarzda navbatga yozilish imkoniga ega boʻldi.
Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati maʼlum qildi. Unga koʻra, talabgor 2 xil usulda, yaʼni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz va www.haj-umra.gov.uz sayti orqali elektron navbatga yozilishi mumkin.
Mazkur portal fuqarolarga uydan chiqmasdan turib hujjatlarni rasmiylashtirish, zarur tashkilotlarga murojaat qilish kabi byurokratik jarayonlarsiz roʻyxatdan oʻtish imkonini beradi. Loyiha haj va umra safarlarini tashkil etishda qulaylik, shaffoflik va ochiqlikni taʼminlashga qaratilgan.
Shuningdek, Haj–2026 mavsumi uchun yangi tartib joriy etildi.
Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra vazirligi “Haj – 2026” mavsumi uchun yangi tartibni joriy etdi.

Unga koʻra, 2026-yilgi Haj safariga boruvchi har bir ziyoratchiga “Nusuk” platformasi orqali olingan tibbiy sogʻlomlik toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim etilgan taqdirda haj vizasi rasmiylashtiriladi. Mazkur tartib haj ziyoratchilarining xavfsizligi va sogʻligʻini taʼminlashga qaratilgan.