Wizzness class: oʻzbekistonlikni bortga chiqarmagan aviakompaniya haqida qoʻshiq chiqdi
Suhrob Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgani uchun 2023 yilning avgustida Rimdagi aeroportda WizzAir kompaniyasi samolyoti bortiga chiqarilmagan.

Kanadalik mashhur sanʼatkor Devid Keroll kosonsoylik Suhrob Ubaydullayev va uning WizzAir aviakompaniyasi bilan mojarosi haqida qoʻshiq kuylab chiqdi.
Gap shundaki, Suhrob Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgani uchun 2023 yilning avgustida Rimdagi aeroportda WizzAir kompaniyasi samolyoti bortiga chiqarilmagan. U Abu Dabi orqali tranzit bilan uchayotgan talabaning chiptalari kuyib ketgan, bir hafta yurtma-yurt sarson boʻlib, qarzga botib, arang uyiga yetib kelgan edi.
Qoʻshiqda uning shunday sarson yurgani sarkazm bilan kuyga solingan. Wizzness class’da (yaʼni WizzAir bilan) uchmang deya kinoya qilingan.
Eʼtiborlisi, WizzAir kompaniyasi oʻzbekistonliklarni birinchi marta kamsitmagan. Kompaniya va Rasul Kusherbayev oʻrtasidagi mojaro ham ancha shov-shuv boʻlgandi.
Maʼlumot uchun, 2008 yili United airlines aviakompaniyasi Devid Kerollning ham qimmat ($3500) gitarasini sindirib, tovon toʻlab bermagani uchun bu haqida qoʻshiq yozib chiqargan va kompaniyani sharmanda qilib, 180 million dollar zarar koʻrishiga sababchi boʻlgandi.