Oʻzbekistonda tugʻilish darajasi sezilarli darajada kamaydi
Joriy yilgi koʻrsatkich 2021 yildagi miqdor bilan solishtirilganda 52,3 ming kishiga kamaygan.

Oʻzbekistonda tugʻilish darajasi sezilarli darajada kamaydi.
Oʻzbekiston Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida mamlakatda 664,6 ming bola tugʻilgan.
Shulardan 343,6 mingtasi oʻgʻil, 321 mingtasi qiz. 319,3 ming bola shahar joylarda, 345,3 ming bola esa qishloq joylarda dunyoga kelgan.
2024 yilning shu davriga nisbatan tugʻilishlar soni 29,3 ming kishiga kamaygan.
2021 yildagi koʻrsatkich bilan solishtirsak, 52,3 ming kishiga kamayganini koʻrishimiz mumkin.
Shuningdek, 2025 yilda Oʻzbekistonda 132,2 ming kishi vafot etgan, shundan 72,7 mingtasi erkaklar, 59,5 mingtasi ayollarni tashkil etadi.