Olmaliq davlat texnika institutiga rektor vazifasini bajaruvchi tayinlandi
Oʻtkir Holiqulov bungacha Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida ishlagan.

Olmaliq davlat texnika instituti rektor vazifasini bajaruvchi tayinlandi.
Holiqulov Oʻtkir Mirzakamolovich 2025 yil 21 oktabrdan Olmaliq davlat texnika instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori hamda institut rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025 yil 17 oktabrdagi buyrugʻi eʼlon qilingan.
Oʻtkir Xalikulov texnika fanlari doktori, dotsent.
Lavozimga tayinlangunga qadar Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "MISIS"ning Olmaliq shahridagi filiali direktori oʻrinbosari-ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.