platina.uz
Jamiyat

Jizzaxdagi fitness-klubda yashirin dori sexi aniqlandi

Mazkur sexda turli xil dori vositalarini qoʻlbola usulda qadoqlash, taqsimlash va sotuvga tayyorlash bilan shugʻullanib kelingan. 

Jizzaxdagi fitness-klubda yashirin dori sexi aniqlandi

Jizzax va Samarqand viloyatlarida noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qoʻyildi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Jizzax shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda 1993 y.t. 2 nafar fuqaro tegishli hujjatlari boʻlmagan 400 dona “MISOPROSTOL” tabletkalari, 139 dona kapsulalar, 2 dona balzam va ularni qadoqlash uchun moʻjallangan 26 dona qutilarni 5 000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davomida Jizzax shahrida joylashgan ayollar fitness-klubi ham koʻzdan kechirilib, u yerda qoʻlga olinganlar tomonidan tashkil qilingan yashirin sex aniqlandi. Mazkur sexda ushbu shaxslar turli xil dori vositalarini qoʻlbola usulda qadoqlash, taqsimlash va sotuvga tayyorlash bilan shugʻullanib kelishgan.

Natijada, 1 dona qadoqlash uskunasi, sotuvga tayyorlangan jami 141 dona kapsulalar, 1 040 dona xitoy va ingliz tilida yozilgan soxta galogrammalar, 237 dona soxta shtrix kodlar, 1 014 dona boʻsh kapsulalar, turli xildagi quti va paketlar protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Samarqand shahrida yashovchi, 1998 y.t., farmatsevtika mahsulotlari chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi MChJ menedjeri Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan hamda tarkibida psixotrop moddalar mavjud boʻlgan jami 9800 dona dori vositalarini shartli xaridorga 25 mln. soʻmga sotgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid