platina.uz
Jamiyat

Andijonda viloyat byudjetidan qariyb 23 mlrd soʻm ajratiladi

Pullar viloyat byudjetining 2025 yil 3-chorak yakunlari boʻyicha orttirib bajarilgan qismidan taqdim etiladi. 

Andijonda viloyat byudjetidan qariyb 23 mlrd soʻm ajratiladi

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori viloyat byudjetidan 22,9 mlrd soʻm pul ajratiladi. Qaror 2022 yil 22 oktabr kuni eʼlon qilindi.

Pullar viloyat byudjetining 2025 yil 3-chorak yakunlari boʻyicha orttirib bajarilgan qismidan taqdim etiladi.

Jumladan, viloyat hokimligi "Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi"ga manzillar dasturlarga asosan 1 mlrd soʻm, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasiga qoʻshimcha bino qurish uchun ham 1 mlrd soʻm, Paxtaobod tumanidagi ichki yoʻllarni asfalt qilish uchun 2 mlrd soʻm, Andijon shahar koʻchalarini koʻkalamzorlashtirish maqsadida gul koʻchatlari ekish xarajatlariga 2 mlrd soʻm, Xonoboddagi "Dunyo sadolari" festivalida qarzdorlikni yopish uchun ham 2 mlrd soʻm berilishi koʻzda tutilgan.

Xonobod shahar tibbiyot boʻlimi binolarini taʼmirlashga 2 mlrd soʻm, Asaka tumanida tungi yoritkichlar va quyosh panellarini sotib olishga 1 mlrd soʻm, Paxtaobod tumanida bir dona ichimlik qudugʻini qurish uchun 400 mln soʻm beriladi.

Avvalroq Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mablagʻ ajratish boʻyicha ikki farmoyish chiqargandi.

Pullar davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan viloyat mahalliy byudjetiga tushgan tushumlar hisobidan taqdim etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid