Toshkent viloyatida 45 nafar amaldorga keskin choralar koʻriladi
Ularning orasida hokim oʻrinbosarlari, bank boshqaruvchilari, bandlik va SES boshliqlari, hokim yordamchilari bor.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning murojaati asosida 45 nafar amaldorga keskin choralar koʻrish vazifasini topshirgan.
Mansabdorlar orasida shahar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari, bandlik va SES boshliqlari, bank boshqaruvchilari, hokim yordamchilari bor.
Ulardan 35 nafarining lavozimga loyiqligi koʻrib chiqiladi, 9 nafariga esa hayfsan intizomiy jazosi qoʻllaniladi.
Faqatgina Olmaliq shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shermuhammad Begiyev vazifasini bajaruvchi lavozimiga tushiriladi. Bunga sabab sifatida 4 ta yirik xizmat koʻrsatish korxonasi 2 mlrd soʻmlik xizmatlar hajmini kamaytirgani, 49 foiz xorijdan qaytgan fuqarolar bandligi taʼminlanmagani koʻrsatilgan.
Lavozimga loyiqligi koʻrib chiqiladiganlar:
- Qibray tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Botirov Ulugʻbek (sababi: 8 oylik sanoat hajmlari reja koʻrsatkichlari bajarilmagan, 20 ta sanoat korxonalari 1 006,3 mlrd soʻmlik ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirgan, tadbirkorlik subʼektlari 3 yilda atigi 536 taga 1,1 barobarga ortgan);
- Biznesni rivojlantirish banki viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Isroilov Maruf (sababi: bankning Ohangaron, Yangiyoʻl va Boʻstonliq hududiy boʻlimlarida “Kichik biznes uzluksizligini qoʻllab-quvvatlash”, “Biznesga birinchi qadam” va “Mahalla loyihasi” dasturlari boʻyicha reja koʻrsatkichlari bajarilmagan);
- Biznesni rivojlantirish banki Ohangaron BXM boshqaruvchisi Ismatov Sherzod (sababi: “Mahalla loyihasi” dasturini 40 % (-9,6 mlrd soʻm)ga, “Biznesga birinchi qadam” dasturini 18 % (-1,3 mlrd soʻm)ga va “Kichik biznes uzliksizligini qoʻllab-quvvatlash kompleks” dasturini 18 % (-1,1 mlrd soʻm)ga bajarmagan);
- Aloqabank Chirchiq KXKM rahbari Zokirjonov Akbar (sababi: “Kichik biznes uzliksizligini qoʻllab-quvvatlash kompleks” dasturini 32 % (-0,4 mlrd soʻm)ga va doimiy ish oʻrni yaratish rejasini 44 % (-121 ta) bajarmagan);
- Sanoatqurilishbank Boʻka BXM boshqaruvchisi Mirsaliyev Jasur (sababi: “Mahalla loyihasi” dasturini 38 % (-2,4 mlrd soʻm)ga va doimiy ish oʻrni yaratish rejasini 54 % (-301 ta)ga bajarmagan);
- Xalq banki Oʻrta Chirchiq BXM boshqaruvchisi Xodjayev Gʻaybulla (sababi: “Mahalla loyihasi” dasturini 54 % (-1,9 mlrd soʻm)ga va “Kichik biznes uzliksizligini qoʻllab-quvvatlash” dasturini 33 % (-0,8 mlrd soʻm)ga bajarmagan);
- Boʻstonliq tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Kannakov Alisher (sababi: migratsiyadan qaytganlarning 56% bandligi taʼminlanmagan, 60% mahallalar ixtisoslashtirilgan);
- Ohangaron tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Raxmonov Sherzod (sababi: 95% ish oʻrinlari rejasi bajarilmagan, 39% qoʻshib yozish);
- Bekobod tumani Yoshlik-2 MFY hokim yordamchisi Asranqulov Zafar (sababi: 70 ta kambagʻal oiladan atigi 8 tasi kambagʻallikdan chiqarilgan va ajratilgan 438 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ishlatilmagan);
- Quyi Chirchiq tumani Mevazor MFY hokim yordamchisi Xalmuratov Batir (sababi: 414 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ishlatilmagan);
- Oqqoʻrgʻon tumani Tortuli MFY hokim yordamchisi Abduqaxxorov Ziyovuddin (sababi: 1410 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ishlatilmagan);
- Yangiyoʻl tumani Epkendi MFY hokim yordamchisi Urazov Kurbanali (sababi: 31 ta kambagʻal oiladan atigi 3 tasi kambagʻallikdan chiqarilgan);
- Parkent tumani Qirgʻizovul MFY hokim yordamchisi Zoirov Zaxriddin (sababi: bandlik dasturi (85%) bajarilmagan hamda 268 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ishlatilmagan);
- Boʻstonliq tumani Boʻston MFY hokim yordamchisi Oʻrinboyev Furqat (sababi: 278 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ishlatilmagan);
- Boʻstonliq tumani Dahana MFY hokim yordamchisi Yeshnazarov Ilgor (sababi: bandlik dasturi (67%) bajarilmagan, 623 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ishlatilmagan);
- Boʻstonliq tumani Doʻstlik MFY hokim yordamchisi Abdullaxayev Sherzod (sababi: 366 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ishlatilmagan);
- Chirchiq shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Yunusov Murodali (sababi: koʻp qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yetarli darajada tashkil etilmagan, debitor qarzdorligi oshgan, BSKlar faoliyatini oʻz holiga tashlab qoʻygan);
ichki ariqlarni betonlashtirishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun:
- Oqqoʻrgʻon tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shintemirov Qosim;
- Oʻrta Chirchiq tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Murodov Xakimjon;
- Piskent tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Tulepov Saidkarim;
- Yangiyoʻl tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Turdiboyev Gʻanisher;
- Quyi Chirchiq tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Saitmurodov Temur;
lavozimi vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani uchun:
- viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi raqamlashtirish va qurilishi ishlari oʻrinbosari Sagdullayev Axtam;
- viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshligʻi Boqiyev Qamriddin;
- Ohangaron shahar hokimi oʻrinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi Xolmatov Rasuljon;
- Turizm boshqarmasi boshligʻi Toshpoʻlatov Xurshid;
- Oʻrta Chirchiq tumani madaniyat boʻlimi boshligʻi Murodova Shahlo;
- Boʻka tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi Kodirov Dilshod;
- Piskent tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi Ubayxonova Mohira;
- Quyi Chirchiq tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi Boboyev Beshim;
- Oqqoʻrgʻon tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi Dostonova Zuhra;
- Mahallalar uyushmasi Boʻstonliq tumani boʻlimi boshligʻi Ashurov Muzaffar;
- Oʻrta Chirchiq tumani Yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi Raxmatillayev Xumoyunbek;
- Oʻrta Chirchiq tumani Oltioʻgʻil mahalla yoshlar yetakchisi Haydarov Minavvar;
- Bekobod shahar hokim oʻrinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi Ashurov Xoshimjon (sababi: loyihalar doirasida ishlab chiqilgan tarmoq jadvalida belgilangan ishlar oʻz muddatlarida bajarilmagan).
Quyidagilarga hayfsan jazosi qoʻllaniladi:
- Loyiha ofisi boshligʻi Rasulov Laziz (sababi: master loyihalarning ijrosi boʻyicha yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun);
platformaga kiritilgan bandligi taʼminlangan fuqarolarning soliq organlari tomonidan oʻz tasdigʻini topmagani uchun:
- Oqqoʻrgʻon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Oʻktamov Odiljon;
- Ohangaron tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Sadulayev Dilshod;
- Nurafshon shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Eshbayev Axrorjon;
- Zangiota tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Ahadov Sirojiddin;
- Bekobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Imamov Eldor;
6 yoshli bolalarni majburiy taʼlimga jalb qilish, qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ishlamay turgan davlat bogʻchalaridagi guruhlarni ochish, xususiy va nodavlat bogʻchalarni tashkil etishdagi sustkashligi uchun:
- Boʻka tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Djurayev Odil;
- Piskent tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Rashidov Boxodir;
- Boʻstonliq tumani hokimining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Ortiqboyev Jasurbek.