platina.uz
Jamiyat

Ohangaronda qamoqdan qochgan yana bir pedofil ushlandi

Jamiyatda bunday jinoyatchilarning bemalol yurishi va jinoyat qilishi borasida ichki ishlar organlari biror tushuntirish bermagan.

Ohangaronda qamoqdan qochgan yana bir pedofil ushlandi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 31 yoshli shaxs maktabdan qaytayotgan 3-sinf qizni zoʻrlagan. U qamoqdan qochib chiqqani aytilgan.

Xabarlarga koʻra, erkak jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyati sudining 2018 yil 13 apreldagi hukmi boʻyicha Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan 16 yilga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtashi belgilangan.

2024 yil 22 avgustda esa JIB Nishon tumani sudi ajrimi bilan u 9 yil 2 oy 19 kun jazo muddatini oʻtash uchun manzil koloniyaga oʻtkazilgan. Shunday xavfli jinoyatchi nega manzil koloniyaga oʻtkazilganiga izoh berilmayapti.

Mahkum 16 oktabr kuni soat 16:00 atrofida Ohangaron tumanidagi xususiy korxonaga shartnoma asosida foydali mehnat ishlariga jalb qilingan paytida nomaʼlum tomonga qochib ketgan va qidiruvga berilgan.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga koʻra, voyaga yetmagan qizga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan mahkum M.T. shu kunning oʻzida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan protsessual tartibda ushlangan va qamoqqa olingan.

Unga Jinoyat kodeksining 119 moddasi 4-qismi (Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtish kerak, avvalroq Namanganda ham pedofil aniqlangan. U avval 2 marta shu ishi uchun qamalgan, biroq muddatidan oldin ozod qilingan. Oliy sud matbuot xizmatining izoh berishicha, u muddatidan oldin ozod qilishni soʻrab sudga murojaat qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid