Netanyahu Kanadaga borsa qamoqqa olinadi
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mayk Karni maʼlum qildi. Ayrim nashrlar uning bu bayonotini keskin tanqid qilgan.

Kanada Bosh vaziri Mark Karni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Kanadaga tashrif buyurgan taqdirda Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) orderi asosida hibsga olishga vaʼda berdi.
Kanadaning The Toronto Sun gazetasi bosh vazir bu bayonoti bilan oʻzining shaxsiy qarashlari uchun milliy manfaatlarni yana bir bor xavf ostiga qoʻydi, deb hisobladi.
Bloomberg agentligiga bergan intervyusida hukumat XJS buyrugʻiga rioya qiladimi va Netanyaxu Kanadaga tashrif buyurgan taqdirda uni hibsga oladimi, degan savoliga vazir "ha" deb javob berdi.
“Karni oʻzining shaxsiy qarashlarini deb Kanada milliy manfaatlariga xavf solishiga birinchi marta yoʻl qoʻyayotgani yoʻq... Karni shaxsiy qarashlarini chetga surib, Kanadani birinchi oʻringa qoʻyishni boshlashi kerak, aks holda barchamiz jabr koʻramiz”, deb yozadi Toronto Sun.
Gazetaning taʼkidlashicha, Kanada Qoʻshma Shtatlar bilan allaqachon qiyin boʻlgan munosabatlarini tiklashi kerak boʻlgan bir paytda, Karni "siyosiy sabablarga koʻra tinglovlarni oʻtkazgan shubhali sudning shubhali qarorlari asosida" prezident Donald Trampning asosiy ittifoqchisini hibsga olishni taklif qilmoqda.
Oʻtgan yilning noyabr oyi oxirida Xalqaro jinoiy sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Isroil sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni Gʻazo sektoridagi harbiy jinoyatlarda ayblanib, hibsga olishga order bergan edi.
Xuddi shunday order 2023 yil martida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan berilgandi.