platina.uz
Jamiyat

Jizzax viloyati koʻmir ombori rahbari jazolanadi

Viloyatda sifatsiz koʻmir aniqlangan va aholi orasida norozilik kuchaygan.

Jizzax viloyati koʻmir ombori rahbari jazolanadi

Xalq deputatlari viloyat kengashining 17-sessiyasida sababsiz ishtirok etmagani, deputatlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish masalasi yuzasidan asosli eʼtirozlar bildirgani uchun Jizzax viloyati koʻmir ombori rahbari M.Xurramovga intizomiy chora koʻriladi.

Maʼlum boʻlishicha, aholi hamda ijtimoiy soha obʼektlariga yetkazib berilayotgan koʻmir mahsuloti sifatsiz ekani aniqlangan. Fuqarolardan bu borada asosli eʼtirozlar kelib tushgan.

Ombor rahbariga ijtimoiy soha obʼektlari, taʼlim, tibbiyot muassasalarini 2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida oʻz vaqtida va sifatli koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash vazifasi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.

Shuningdek, mahalliy hokimliklar taʼlim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va betalafot oʻtkazish uchun yetarli mablagʻ ajratmagani sababli bugungi kunda ayrim taʼlim muassasalarida muammolar yuzaga kelmoqda.

Jumladan:

  • Arnasoy tumanida 17 ta, yaʼni 11 ta maktab va 6 ta davlat bogʻchasida 58 ta isitish qozoni maʼnan eskirib, taʼmirtalab holatga kelib qolgan.
  • Zafarobod tumanidagi 1-maktabga “Jizzax suv taʼminoti” MChJ tomonidan hojatxona homiylik yordamida qurilgan boʻlib, markaziy kanalizatsiyaga ulanmagani sababli oʻquvchilarga qiyinchilik tugʻdirmoqda.
  • Zarbdor tumanida 26 va 29-maktablarning 4 tadan isitish qozoni yaroqsiz holatga kelib qolgan.
  • Jizzax shahridagi 1-sonli davlat bogʻchasi, 18 va 28-maktablarning suv nasoslari ishdan chiqqan.
  • Yangiobod tumanidagi 3-maktabning 3 ta isitish qozoni maʼnan eskirgani sababli qish mavsumida toʻliq quvvat bilan ishlamasligi maʼlum boʻlmoqda.

Shu maqsadda yuqoridagi tumanlar hokimlariga:

  • taʼlim muassasalarida aniqlangan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun mahalliy byudjet hisobidan mablagʻ ajratgan holda kamchiliklarni bartaraf etish;
  • amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari viloyat kengashiga axborot kiritish;
  • “Jizzax suv taʼminoti” MChJga Zafarobod tuman 1-maktabga hokimlik asosida qurilgan hojatxona kanalizatsiyasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi topshirilgan.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid