Samarqandga kirish 2 haftaga yopiladi
Ichki ishlar vazirligi viloyatga safarlarni imkon qadar keyinroqqa qoldirishga chaqirgan.

YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan 30 oktabrdan 14 noyabrga qadar Samarqandga kirish yoʻllari yopiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ogohlantirdi.
Tranzit transport vositalari uchun aylanma yoʻnalishlar yaratilgan. Haydovchilarga aylanma yoʻl xaritalarini koʻrish imkonini beruvchi QR-kodli flayerlar tarqatiladi.
IIV Oʻzbekiston aholisi va mehmonlarini Samarqandga safarlarni imkon qadar keyinroqqa qoldirishga chaqirgan.