platina.uz
Sport

Oʻzbekistonda “Formula-1” musobaqalari oʻtkazilishi mumkin

Mazkur sport Oʻzbekistonda avtosportni rivojlantirish va xalqaro imidjini mustahkamlashga yordam beradi. Hozirgacha musobaqalar 21 davlatda oʻtkazilgan. 

Oʻzbekistonda “Formula-1” musobaqalari oʻtkazilishi mumkin

Oʻzbekistonda “Formula-1” musobaqalari oʻtkazilishi mumkin.

Mazkur sport Oʻzbekistonda avtosportni rivojlantirish va xalqaro imidjini mustahkamlashga yordam beradi.

Oʻzbekiston “Formula-1” jahon chempionati bosqichini oʻtkazish uchun mumkin boʻlgan joy sifatida koʻrib chiqilmoqda. Bu esa Toshkentning avtosportni rivojlantirish va mamlakatning xalqaro imidjini mustahkamlashga boʻlgan intilishi bilan bogʻliq.

Sport tahlilchisi va jurnalist Jo Sovardning xabar berishicha, Oʻzbekiston “Formula-1” jahon chempionati bosqichini oʻtkazadigan yangi maydonchaga aylanishi mumkin.

Singapur Gran-prisi davomida Oʻzbekistonni ham oʻz ichiga olgan bir nechta Osiyo mamlakatlari vakillari oʻz yurtlarida “Formula-1” bosqichlarini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, Toshkent avtosport boʻyicha mintaqaviy markazga aylanishga intilmoqda va xalqaro musobaqalarni mamlakatni modernizatsiya qilish hamda dunyo miqyosida targʻib qilish strategiyasining bir qismi sifatida koʻradi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, Tailand, Janubiy Koreya va Oʻzbekistonda “Formula-1” poygalari oʻtkazilishi haqida suhbatlar yurmoqda. Bu esa mazkur davlatlarda avtosportga qiziqish tobora ortib borayotganini koʻrsatadi.

Oʻzbekistonning ushbu muhokamalarda ishtirok etayotgani mamlakatning boshqa tashabbuslari bilan ham mustahkamlanmoqda. Xususan, dekabr oyida Toshkentda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA)ning Bosh assambleyasi boʻlib oʻtadi. Mazkur yirik tadbirni oʻtkazish xarajatlarini Oʻzbekiston tomoni oʻz zimmasiga olgan.

Maʼlumot oʻrnida, "Formula-1" musobaqasi 21 ta davlatda oʻtkaziladi va 24 ta bosqichdan iborat. Musobaqalar Xitoy, Qatar, Yaponiya va Ozarbayjon kabi mamlakatlarda ham oʻtkaziladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid