Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik kuchaytiriladi
“Kattaqoʻrgʻon” poligonida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qirgʻiziston boʻlinmalari ishtirokida mashgʻulotlar boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yoʻlga qoʻyish, mamlakatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda oʻzaro hamjihatlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Bugun, 20-oktabr kuni Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuxamedov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Gasanov bilan Samarqand shahrida uchrashgan.
Uchrashuvning asosiy maqsadi tinchlik, birlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qiladigan amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat boʻlgani aytilgan.
Shuningdek, 21 oktabr kuni Markaziy harbiy okrug “Kattaqoʻrgʻon” poligonida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qirgʻiziston mudofaa vazirliklari boʻlinmalari ishtirokida “Birlik–2025” mintaqaviy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi.