platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi ushlandi

U sherigidan qurilishi tugallanmagan noturar bino loyiha hujjatlarini oʻtkazib berish evaziga pul olayotganda qoʻlga tushdi. 

Surxondaryoda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi ushlandi

Surxondaryo viloyatida qurilish sohasida firibgarlik holati aniqlandi

Qurilish ishlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan MChJ arxitektori Muzrabot tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirgan holda, unga qarashli boʻlgan, qurilishi tugallanmagan noturar bino loyiha hujjatlarini tegishli tashkilotlardan “muammosiz” oʻtkazib berish evaziga firibgarlik yoʻli bilan 17 mln. soʻm talab qilgan.

DXX va ichki ishlar organlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, arxitektor 17 mln soʻmdan 1 mln soʻmini Muzrabot tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻiga berishi kerakligi maʼlum boʻlib, mazkur mansabdor ham ushbu pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiyda Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi qoʻlga olingandi.

Shuningdek, Surxondaryoda tuman Majburiy ijro boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari va davlat ijrochisi, Toshkentda esa advokatlar ushlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid