platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 24 oktabrda Bryusselga boradi

Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim (EPSA) imzolanadi. 

Shavkat Mirziyoyev 24 oktabrda Bryusselga boradi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 24 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselda boʻladi. Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim (EPSA) imzolanadi.

Euronews taʼkidlaganidek, ushbu hujjat siyosiy va iqtisodiy hamkorlikda yangi sahifa ochadi, oʻzaro aloqalarni mustahkamlaydi va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

EPSA besh strategik yoʻnalish: siyosiy muloqot, savdo, xavfsizlik, barqaror rivojlanish va sohaviy hamkorlik boʻyicha hamkorlik uchun zamonaviy asos yaratadi. Unda umumiy qadriyatlarga sodiqlik, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va global hamkorlikni mustahkamlash istagi oʻz ifodasini topgan.

Bundan tashqari, EPSA kelgusi tashabbuslar, jumladan, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” investitsiya forumi uchun asos yaratadi.

Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Koshta Oʻzbekistonning Mustaqillik kuni munosabati bilan yoʻllagan tabrigida boʻlajak tashrif muhimligini taʼkidladi:

“Men siz bilan 2025 yil 24 oktabr kuni Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolaydigan Bryusselda uchrashishni intiqlik bilan kutaman”, — deya Kostaning soʻzlarini keltiradi Euronews.

Samarqandda boʻlib oʻtgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti chogʻida Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Leyen Yevropa Ittifoqi mintaqalar bilan savdo, transport, muhim minerallar, raqamli aloqa va energetika sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Ushbu hududlar Global Gateway tashabbusi doirasida 12 milliard yevrolik investitsiya paketi bilan qoʻllab-quvvatlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid