Finlyandiya prezidenti Oʻzbekistonga keladi
Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb 30-31 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda Finlyandiya prezidenti ofisi xabar berdi.
Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Aleksandr Stubb biznes forumda ishtirok etadi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida maʼruza qiladi, tashqi siyosat ekspertlari, parlament vakillari bilan uchrashadi.
Finlyandiya savdo va sanoat sohasi vakillari ham prezidentga hamrohlik qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga birinchi marta Finlyandiyaning sobiq prezidenti Mauno Koyvisto 1992 yilda rasmiy tashrif bilan kelgan.
Oʻzbekiston va Finlyandiya prezidentlari 9 sentabr kuni telefon orqali gaplashgan, oʻshanda Stubbning Oʻzbekistonga tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama etilgandi.