platina.uz
Jamiyat

DXX Oʻzbekistondan olib oʻtilishi kerak boʻlgan narkotikning yirik partiyasini aniqladi

Qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi Afgʻonistondan Buxoro viloyatiga keltirilgan.  

DXX Oʻzbekistondan olib oʻtilishi kerak boʻlgan narkotikning yirik partiyasini aniqladi

Afgʻonistondan kontrabanda qilingan narkotik moddaning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, “Toshkent-Andijon” yoʻnalishida harakatlanayotgan Andijon shahrida yashovchi, 1988 y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli transport vositasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” yoʻl patrul xizmati maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada, mashinada u bilan ketayotgan sherigi – Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida yashovchi, 1971 y.t. Qirgʻiziston fuqarosining yonida 4 kg 897 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, Qirgʻiz Respublikasi fuqarosi ushbu ajal ogʻusini Buxoro tumanidagi dala maydonidagi xufiya joydan olganligi aniqlanib, mazkur hudud koʻzdan kechirilganda, u yerda yana 45 kg 52 gr. “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, muqaddam uchinchi shaxslar tomonidan Afgʻonistondan kontrabanda yoʻli bilan Buxoro viloyatiga yetkazib berilgan ushbu qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi Oʻzbekiston hududidan tranzit sifatida olib oʻtilishi kerak boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid