Suv xoʻjaligi vaziriga ikki oʻrinbosar tayinlandi
Bu haqda 15 oktabr kuni prezidentning tegishli qarori imzolangan.

Suv xoʻjaligi vaziriga 2 nafar yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda 15 oktabr kuni prezidentning tegishil qarori imzolangan.
Xususan, Zokir Eshpoʻlatov vazirning birinchi oʻrinbosari – Suv xoʻjaligi obʼektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan. Bunga qadar vazir oʻrinbosari edi.
Mirolimjon Karimov esa Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Bungacha Hisob palatasi bosh inspektori, shuʼba mudiri lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
Vazirning avvalgi sobiq birinchi oʻrinbosari Timur Butunboyev shu yil iyul oyida ishdan ketgan edi.