Oʻzbekistonning FIFA reytingida oʻrni maʼlum boʻldi
Reytingni Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Keyingi oʻrinlarni Fransiya va Argentina egallagan.

FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 54-oʻrindan joy oldi.
Shuningdek, milliy jamoa Osiyo jamoalari orasida 6-oʻrinni band etgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston sentabr oyida ham 54-pogʻonani egallagandi.
Reytingni Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Keyingi oʻrinlarni Fransiya va Argentina egallagan.