Yangihayotda yarim mingdan oshiq xonadon gaz taʼminotidan uzildi
Suv quvurida taʼmirlash ishlarini olib borish vaqtida avtomashina oʻrta bosimli gaz quvurini urib yuborgan. Nosozlik bartaraf etilayotgani aytildi.

Yangihayot tumanida avtomashina gaz kuvurini urib yuborishi natijasida 570 ta xonadon gaz taʼminotidan vaqtincha uzilgan.
16 oktabr kuni soat 08:00 da Yangihayot tumanidagi “Mashʼal” MFYda suv quvurida taʼmirlash ishlarini olib borish vaqtida avtomashina oʻrta bosimli gaz quvurini urib yuborgan.
Buning natijasida ushbu manzildagi 3 ta koʻp qavatli uy (350 ta xonadon) va 220 ta yerli xonadon gaz taʼminotisiz qolgan.
Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Taʼmirlash ishlaridan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.