platina.uz
Siyosat

Saudiyalik yirik tadbirkor prezident Shavkat Mirziyoyevning boshqaruviga baho berdi

"Men haftasiga yetti kun, kuniga 18-20 soat ishlaydigan hukumatni faqat Oʻzbekistonda va Saudiyada koʻrdim. Qayerga borsam ham, “Yangi Oʻzbekiston” haqida eshitaman", deydi Muhammad Abunayyan. 

Saudiyalik yirik tadbirkor prezident Shavkat Mirziyoyevning boshqaruviga baho berdi

Saudiyalik yirik tadbirkor prezident Shavkat Mirziyoyevning boshqaruviga baho berdi.

ACWA Power boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatini yuqori baholadi.

“Prezident janobi oliylari, men avval ham taʼkidlab aytganman: bu darajada katta oʻzgarishlarni amalga oshirgan yetakchilarning ikki nafarini bilaman. Birinchisi – siz, janobi oliylari, ikkinchisi esa – Saudiya valiahdi, Bosh vazir Muhammad bin Salmon hazrati oliylaridir.

Oʻzbekistonda biz koʻrgan va guvohi boʻlgan barcha yutuqlar sizning oʻz ishingizga boʻlgan buyuk ishonch-eʼtiqodingiz va fidokorona mehnatingiz samarasidir. Siz bu ishlarni xalqingiz va vataningizga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatingiz tufayli amalga oshirmoqdasiz.

Men dunyoning 24 ta davlati rahbarlari bilan muloqotda boʻldim. Lekin oʻz xalqini siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim. Shuning uchun ham elingiz sizni yaxshi koʻrib, boshiga koʻtarmoqda.

Men siz bilan yigirma marta uchrashish baxtiga muyassar boʻlganman. Har bir uchrashuvdan oldin nutq tayyorlab, nimalarni aytish kerakligini obdan oʻylab olaman. Ammo har gal sizning fikringiz, azm-u shijoatingiz va amaliy ishlaringiz biznikidan ustun keladi. Siz doimo jadal harakat qilasiz, sidqidildan ishlaysiz va albatta, natijaga erishasiz.

Siz boshqaruv va shaffoflik asosida oʻtmishdan qolgan ogʻir merosni ortda qoldirdingiz va yangi tarix yaratdingiz.

Men 15 ta mamlakatda investitsiya loyihasini amalga oshirganman va 30 dan ziyod davlatda boʻlganman. Qayerga borsam ham, “Yangi Oʻzbekiston” haqida eshitaman. Bu Yangi Oʻzbekiston – sizning el-yurtingizga sadoqatingiz va tinimsiz mehnatingiz mahsuli.

Butun dunyo bugun sizni kuzatmoqda, sizdan oʻrganmoqda. Sizning rahnamoligingizda ishonchli hukumat va fidoiy jamoa kecha-yu kunduz mehnat qilmoqda. Men haftasiga yetti kun, kuniga 18-20 soat ishlaydigan hukumatni faqat Oʻzbekistonda va Saudiyada koʻrdim. Shuning uchun ham xalqingiz sizni sevmoqda, investorlaringiz va koʻplab davlatlar sizni hurmat qilmoqda”, — dedi Muhammad Abunayyan.

Eslatib oʻtamiz, kecha 15 oktabr kunp Prezident Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashgandi.

Qoʻshma loyihalar umumiy portfeli 27 milliard dollardan oshgan. Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda Saudiyaning 2 mlrd dollarlik investitsiyalari oʻzlashtirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid