platina.uz
Siyosat

Putin Oʻzbekiston bosh prokurorini mukofotladi

Nigʻmatilla Yoʻldoshevdan tashqari Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Yusuf Rahmon va Karakas meri Karmen Tereza Melendes Rivas ham taqdirlandi. 

Putin Oʻzbekiston bosh prokurorini mukofotladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshevni “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

Bu haqda Rossiya prezidentining tegishli farmoni eʼlon qilindi.

Xuddi shu farmon bilan Putin Tojikistonning sobiq bosh prokurori, respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Yusuf Rahmon va Venesuela poytaxti Karakas meri Karmen Tereza Melendes Rivasni ham “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirladi.

Ular “xorijda rus tili va madaniyatini saqlash va ommalashtirishga qoʻshgan katta hissasi uchun" mukofotlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid