platina.uz
Jamiyat

Maktablarda kuzgi taʼtil 4 noyabrdan boshlanadi

Navbatdagi chorak dars mashgʻulotlari 2025 yil 10 noyabrdan boshlanadi. 

Maktablarda kuzgi taʼtil 4 noyabrdan boshlanadi

Maktablarda kuzgi taʼtil 4 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Amaldagi tartibga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari uchun joriy oʻquv yilining kuzgi taʼtili 2025 yil 4 noyabrdan boshlanadi va 9 noyabrga qadar davom etadi.

II chorak dars mashgʻulotlari 2025 yil 10 noyabrdan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 2025-2026 oʻquv yili 2 sentabr kunidan boshlangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid