platina.uz
Jamiyat

Samarqandda 21 ming dollarga kumush sotayotganlar qoʻlga olindi

Tegishli baholash xulosasiga koʻra, ushbu kumush metallning narxi 502 mln soʻmdan oshishi aniqlandi. 

Samarqandda 21 ming dollarga kumush sotayotganlar qoʻlga olindi

DXX kumushning noqonuniy savdosiga chek qoʻydi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Narpay tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Navoiy viloyatida yashovchi, 1980, 1983 va 1987 yillarda tugʻilgan 3 nafar shaxs “shartli xaridor”ga 18 kg kumush qimmatbaho metall qotishmasini har bir gramini 11.700 soʻmdan hisoblab, jami 21 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida jinoyat ustida ushlandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining tegishli xulosasiga koʻra, ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur metallning sof ogʻirligi 16 kg 744 gr boʻlib, asillik darajasi “999”ni tashkil etadi.

Shuningdek, tegishli baholash xulosasiga koʻra, ushbu kumush metallning narxi 502 mln 344 ming soʻmni tashkil etadi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu qimmatbaho metallning kelib chiqish manbasini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid