Oʻzbekistonga har oyda 1 milliondan ortiq turist kelmoqda
Oʻtgan toʻqqiz oyida Oʻzbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy sayyoh keldi, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga koʻp.

2025 yil aprel oyidan boshlab Oʻzbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda.
Shu tariqa, joriy yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga koʻpdir.
Ushbu koʻrsatkich davlatlar kesimida – 2025 yilda post-pandemik 2022 yilga nisbatan turistlar oqimining oʻsishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi.
Shuningdek, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSh dollaridan oshdi.
Yetakchi jahon media platformalari bilan faol hamkorlik, xorijda keng koʻlamli road-shoular, xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish va chet el ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar Oʻzbekiston brendini global miqyosda sezilarli darajada mustahkamladi.