platina.uz
Sport

Oʻzbekiston JCh qurʼasida qaysi savatchadan oʻrin olishi mumkinligi aytildi

Unda Avstriya, Norvegiya, Misr, Paragvay, Saudiya Arabistoni kabi jamoalar bor. 

Oʻzbekiston JCh qurʼasida qaysi savatchadan oʻrin olishi mumkinligi aytildi

Markaziy Osiyodan jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan birinchi terma jamoa boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati qurʼa tashlash marosimida 4-savatchaga joylashtirilishi mumkin. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev maʼlum qildi.

12 oktabr holatiga koʻra, quyidagi jamoalar Oʻzbekiston termasi bilan bir savatchadan joy olishi mumkin:

Avstriya

Panama

Norvegiya

Misr

Jazoir

Paragvay

Kot-d’Ivuar

Tunis

Kosta-Rika

Saudiya Arabistoni

Janubiy Afrika

Jahon chempionatiga qurʼa tashlash uchun savatchalar – bu jamoalarning reytingi va geografik joylashuviga koʻra guruhlarga taqsimlanishi, turnirning final bosqichi uchun guruhlarning muvozanatli shakllanishini taʼminlaydi.

AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi barcha saralash turnirlari yakunlanganidan keyin boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, JCh ishtirokchilari hali toʻliq aniqlangani yoʻq. 14 oktabr kuni Qatar va Saudiya Arabistoni ham mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid