platina.uz
Jamiyat

MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari Samarqandda uchrashadi

Yigʻilishlarda xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, axborot xavfsizligiga tahdidlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy xalqaro aylanmasiga qarshi kurashish muhokama etiladi. 

MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari Samarqandda uchrashadi

Oʻzbekistonda MDHga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi boʻlib oʻtadi. Shuningdek, xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi ham oʻtkaziladi.

Ushbu majlislarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.

Tadbirlarda, shuningdek, MDH Ijroiya qoʻmitasi va MDHga aʼzo davlatlar Aksilterror markazi vakillari ham qatnashadi.

Ushbu anjumanlardan koʻzlangan asosiy maqsad Hamdoʻstlik makonida xavfsizlikni taʼminlash, shu jumladan, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, axborot xavfsizligiga tahdidlar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy xalqaro aylanmasiga qarshi kurashish borasida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Yigʻilishlar davomida zamonaviy tahdidlar va oʻzaro harakatlarni muvofiqlashtirishga oid keng qamrovli masalalar koʻrib chiqilishi kutilmoqda.

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy va global xavfsizlikni taʼminlash borasida oʻzaro hamkorlikning aniq vazifa va yoʻnalishlarini belgilab olishadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid