platina.uz
Jamiyat

Mahalla “yettiligi” faoliyatini kompleks baholaydigan tizim ishga tushiriladi

Hokimlar yaxshi ishlagan 10 ta “yettilik”ning barchasini mukofotlash, qoʻshimcha ustamalar berishni yoʻlga qoʻyadi.

Mahalla “yettiligi” faoliyatini kompleks baholaydigan tizim ishga tushiriladi

Prezident mahallalardagi “yettilik” ish vaqtining yarmini turli majlis va tadbirlarda oʻtkazayotganini koʻrsatib oʻtdi.

Yoki “yettilik” xodimlarining aniq vazifalari va KPI belgilangani bilan mahalladagi umumiy natijadorlikni baholaydigan tizim yoʻq.

Hozirda “yettilik” aʼzolarining 1 ming 700 nafari mahalla hududidan 20-30 kilometr uzoqdan qatnaydi. Oqibatda oʻtgan yili 68 nafar “yettilik” vakillari biriktirilgan mahallasiga bir necha oy kelmagan.

Mutasaddilarga “yettilik” faoliyatini kompleks baholaydigan tizimni ishga tushirish topshirildi.

Tuman hokimlari yil yakuniga koʻra, yaxshi ishlagan 10 ta “yettilik”ning barchasini mukofotlash, ularga qoʻshimcha ustamalar berishni yoʻlga qoʻyadi.

“Shunda “yettilik” hamjihat va yagona jamoa boʻlib ishlaydi”, – dedi Prezident.

Bundan buyon “yettilik” xodimlari bilan har bir yoʻnalish boʻyicha alohida yigʻilish oʻtkazish taqiqlanishi belgilandi.

Avvalroq eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalar reytingi joriy etilishi aytilgandi.

Bunda 100 talikka kirgan mahallaga “Tashabbusli byudjet”ning yangi tizimi boʻyicha infratuzilma xarajatining 75 foizi byudjetdan toʻlab beriladi. Ushbu mahallalarning har biriga qoʻshimcha 2 milliard soʻmdan ajratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid