platina.uz
Iqtisod

Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalar reytingi joriy etiladi

Bunda 100 talikka kirgan mahallaga “Tashabbusli byudjet”ning yangi tizimi boʻyicha infratuzilma xarajatining 75 foizi byudjetdan toʻlab beriladi. Ushbu mahallalarning har biriga qoʻshimcha 2 milliard soʻmdan ajratiladi. 

Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalar reytingi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Bir oy oldin “Tashabbusli byudjet” boʻyicha yangi qaror qabul qilinib, mahallada odamlarning oʻzi faol boʻlib boshlagan loyihalarga koʻmak beradigan tizim joriy qilindi. Bunda qaysi mahallada aholi yoʻl, suv, maktab, bogʻchani taʼmirlashni boshlagan boʻlsa, xarajatining yarmini davlat koʻtaradi. Bu maqsadlar uchun kelgusi yilda yana 1 mingta loyihaga 500 milliard soʻm ajratiladi.

Prezident bu borada yana bir yangilikni eʼlon qildi. Joriy yildan boshlab Soliq qoʻmitasi yer va mol-mulk soliqlarini toʻlanganlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla” reytingini eʼlon qiladi.

Bunda 100 talikka kirgan mahallaga “Tashabbusli byudjet”ning yangi tizimi boʻyicha infratuzilma xarajatining 75 foizi byudjetdan toʻlab beriladi. Shuningdek, ushbu mahallalarning har biriga qoʻshimcha 2 milliard soʻmdan ajratiladi.

Qonunchilik palatasi deputatlariga oʻz okrugidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun har biriga 3 milliard soʻmdan mablagʻ beriladi.

Mahalla hududida sanitariya, ekologiya va noqonuniy qurilish boʻyicha jarimalarning 10 foizi mahalla byudjetiga yoʻnaltiriladi. Mahallalar byudjetiga 2026 yildan boshlab har yili 200 milliard soʻmdan ajratiladi.

“Ana shu aytib oʻtgan beshta manba hisobidan kelgusi bir yil uchun 2 mingta mahallaga qoʻshimcha 8,5 trillion soʻm mablagʻ beryapmiz”, – dedi Prezident.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid