platina.uz
Jamiyat

Chirchiqda hokim yordamchilari bandlik boʻyicha qoʻshib yozgani maʼlum boʻldi

Ular shahardagi tadbirkorlik subʼektlariga fuqarolarning bandligini taʼminlash boʻyicha yoʻllanmalar yuborib, tadbirkorlik subʼektlarining elektron kalitidan gʻayriqonuniy ravishda foydalangan.

Chirchiqda hokim yordamchilari bandlik boʻyicha qoʻshib yozgani maʼlum boʻldi

Chirchiq shahridagi hokim yordamchilari aholi bandligini taʼminlashda gʻayriqonuniy yoʻllardan foydalangani maʼlum boʻldi. Ularga shahar hokimi intizomiy jazo bergan.

Xususan, Ishonch, Adolat, Chinor, Gʻalaba, Madaniyat, Sharq, Bahor mahallalaridagi hokim yordamchilariga hayfsan jazosi qoʻllanilgan.

Ular 2025 yil 17 yanvardagi PQ-12-sonli qaror va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash yuklatilgan boʻlsa-da, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, ijro intizomini buzgani aytilgan.

Shuningdek, aholi bandligi ish rejasi bajarilishida hisobotlarni sunʼiy ravishda koʻtarish maqsadida shaharda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlariga fuqarolarning bandligini taʼminlash boʻyicha yoʻllanmalar yuborib, tadbirkorlik subʼektlarining elektron kalitidan gʻayriqonuniy ravishda foydalangan.

Shu orqali oʻzi tomonidan yoʻllanma asosida yuborilgan fuqarolarni tadbirkorning nomidan ishga qabul qilib, hisobot davri tugagach, ularni ishdan boʻshatib yuborgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hozircha ularga nisbatan ish qoʻzgʻagani haqida maʼlumot yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid