Chernogoriya oʻzbekistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi
Qaror milliy viza siyosatini Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiqlashtirish doirasida qabul qilingani aytilgan.

Chernogoriya hukumati Oʻzbekiston fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi.
Shu yilning 9 oktabr kuni Chernogoriya hukumati Armaniston, Oʻzbekiston va Misr fuqarolarini vizadan vaqtincha ozod etish toʻgʻrisidagi avvalgi qarorlarini toʻxtatib qoʻydi.
Bu qaror milliy viza siyosatini Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiqlashtirish doirasida qabul qilingani aytilgan.
2023 yil aprel oyida Chernogoriya hukumati Oʻzbekistondan kelgan sayyohlar uchun viza talabini bekor qilish rejasini eʼlon qilgan edi. Ikki davlat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar iyun oyida boshlanishi rejalashtirilgan edi.
Oʻzbekiston 2019 yilning fevral oyida Chernogoriya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgan edi. Ular 30 kun davomida vizasiz mamlakatda qolishlari mumkin.